Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

 

Bugun, 1 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari darajasida sermahsul almashinuvlarni davom ettirish, birgalikdagi ishbilarmonlik tashabbuslari va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali ishga solish, madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

 

O‘zaro savdo va investisiya ko‘rsatkichlari o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 45 foizga oshdi. Jalb etilgan investisiyalar hajmi joriy yil yakuniga borib 1 milliard yevrogacha bo‘ladi. Xususan, bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniyaning 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

 

Bundan tashqari, moliyaviy-texnik hamkorlik, shu jumladan “KfW” banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ishtirokida kengayib bormoqda.


Tashqi siyosiy idora rahbari Annalena Berbok Yangi O‘zbekistondagi demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi Germaniya tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor qayd etdi.

 

Tomonlar “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, innovasiyalar, resursni tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or ta’lim metodikalarini joriy qilish kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"