Siyosat

Oʼzbekiston — Ozarbayjon diniy idoralari oʼrtasida memorandum imzolandi

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining diniy-maʼrifiy sohaga qaratayotgan alohida eʼtiborlari natijasida koʼplab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.

Oʼzbekiston — Ozarbayjon diniy idoralari oʼrtasida memorandum imzolandi


Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabariga ko’ra, kecha, 19-oktabr kuni Boku shahriga tashrif doirasida Muftiy Nuriddin domla hazratlari hamda Ozarbayjon musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

 

Muloqotda tomonlar ikki mamlakat xalqlari oʼrtasidagi doʼstlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va oʼzaro tajriba almashish maqsadida, hamkorlik qilish toʼgʼrisidagi Memorandumga imzo chekdilar.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida Oʼzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari, diniy-maʼrifiy sohaga qaratayotgan alohida eʼtiborlari natijasida koʼplab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani, Sharqu Gʼarbni oʼzaro bogʼlagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan Turkiy xalqlar zaminidan yetishib chiqqan minglab olimlar, mutafakkirlar Islom dini rivojiga juda katta hissa qoʼshganlari, ikki davlat diniy idoralari oʼrtasida aloqalarni yanada mustahkamlash har tomonlama zarurligi toʼgʼrisida oʼzaro fikr almashildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"