Siyosat

Qirg‘iz—tojik chegarasiga KXSHT kuchlari joylashtirilishi mumkin

Bu haqda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qirg‘iz—tojik chegarasiga KXSHT kuchlari joylashtirilishi mumkin

 

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni yumshatish maqsadida yaqinda mojaro kuzatilgan hududga KXSHT harbiy kontingentini joylashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bu haqda Bishkekdagi matbuot anjumanida Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi rahbari Baktibek Bekbolotov ma’lum qildi.

 

“Ikki davlat o‘rtasida hakam turmaguncha chegarada tinchlik va osoyishtalik bo‘lmaydi. Texnikalarni olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish uchun bahsli hududlarga KXSHTning kichik kontingenti joylashtirilishi mumkin”, — deydi Bekbolotov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbe bilan bahsli hududlar bo‘yicha konsensusga erishish ancha qiyin bo‘ladi, chunki har bir tomonning “o‘z haqiqati” bor. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida KXSHT harbiylari paydo bo‘lganidan keyingina chegarani demarkasiya va delimitasiya qilish jarayonini davom ettirish mumkin bo‘ladi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"