Jahon

Shimoliy Koreya yana ballistik raketa uchirdi

Bu AQSH va Janubiy Koreyaga javob sifatida baholanmoqda.

Shimoliy Koreya yana ballistik raketa uchirdi

 

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, raketa taxminan 600 kilometr masofani bosib o‘tgan. Bu AQSH va Janubiy Koreya kuchlarining qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarida ishtirok etish uchun Pusan portiga yetib kelganiga javob sifatida baholanmoqda. 

 

Mashg‘ulotlar shu oy oxirida Janubiy Koreyaning sharqiy qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 17-avgust kuni Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon ikkita qanotli raketa sinovini o‘tkazgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"