O'zbekiston

Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi paydo bo‘ldi

Bo‘lim O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishiga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarning yechimi bilan shug‘ullanadi.

Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi paydo bo‘ldi

 

Kommunal to‘lovlar, kreditlar, jarimalar va boshqa qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqish cheklanishi mumkin. Shuningdek, cheklov inson omili sabab noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun MIB xodimlari aeroportda 24/7 ishlaydi.

 

MIB bo‘limi Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalidagi maʼlumot stolida joylashgan. Xodim yo‘lovchining iltimosiga binoan qarz bor yoki yo‘qligini aytishi mumkin. Shuningdek, qarzni to‘lab va to‘lov hujjatini taqdim etilganidan so‘ng MIB xodimi tizimni yangilashi va yo‘lovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin.

 

To‘lovlar faqat elektron to‘lov tizimlari (Click, PayMe, Apelsin va boshqalar) orqali qabul qilinadi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"