Siyosat

Putin, Si Szinpin va Raisiy ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Putin, Si Szinpin va Raisiy ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga keladi

 

Prezident matbuot kotibi, Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, SHHT sammitida imzolash uchun 30 dan ortiq hujjat taqdim etilishi rejalashtirilgan.

 

«Samarqand sammitining asosiy maqsadlaridan biri SHHT oilasini yana-da kengaytirish masalasi. Davlat rahbarlari kengashi doirasida SHHTga aʼzolik maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi kutilmoqda», — deydi Sherzod Asadov.

 

Sammit doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, rossiya prezidenti Vladimir putin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiylarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

 

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentabr, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa 15-16 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

 

Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot va salmoqli kelishuvlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan. Davlat rahbarlari kengashi doirasida SHHTga aʼzolik maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum ham imzolanishi kutilmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Putin, Si Szinpin va Raisiy ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga keladi