Jahon

Suriya armiyasi vertolyoti parvoz vaqtida halokatga uchradi

Undagi ekipaj a’zolari vafot etgan.

Suriya armiyasi vertolyoti parvoz vaqtida halokatga uchradi

 

Suriya qurolli kuchlarining vertolyoti Xama shahri yaqinida texnik nosozlik sabab halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Bursa shahrida bir dvigatelli o‘quv samolyoti turarjoy binolari orasiga qulab tushgandi. Shundan so‘ng samolyotga yong‘in chiqqan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"