Jahon

Kim Chen In Putinga telegramma yubordi

Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z telegrammasida Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi strategik hamda taktik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etgan.

Kim Chen In Putinga telegramma yubordi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Koreya ozod qilinganining 77 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Putin telegrammasiga Kim Chen Indan javob keldi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z telegrammasida Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi strategik hamda taktik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, "Koreyani ozod qilish uchun kurashda jasur Qizil Armiya askarlari o‘z qonlari va jonlarini ayamagani" hamda ularning xizmatlari Koreya xalqi xotirasida doimiy saqlanib qolishini bildirgan.

 

“Kim Chen In Yaponiyaga qarshi kurashgan kunlarda o‘rnatilgan Koreya —Rossiya do‘stligi davrdan-davrga barqaror rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani, bugungi kunda esa Koreya — Rossiya o‘rtasidagi taktik hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va birdamlik harbiy tahdid va provokatsiyalarni, dushman kuchlarining o‘zboshimchalik va irodasiga barham berish maqsadida yangi bosqichga ko‘tarilayotganini taʼkidladi”, — deyiladi xabarda.

 

KXDR rahbari Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamkorlik yana-da mustahkamlanib, ikki mamlakat xalqlari farovonligiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Kim Chen In Putinga telegramma yubordi