Siyosat

O‘zbekiston — Ozarbayjon — Turkiya muloqot formatining 1-yig‘ilishi boshlandi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston — Ozarbayjon — Turkiya muloqot formatining 1-yig‘ilishi boshlandi

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi. Toshkent shahrida "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" formatidagi uch tomonlama uchrashuvini ochiq deb eʼlon qildi.

 

"O‘zbekiston – Ozarbayjon - Turkiya" muloqotining taʼsis etilishu xalqaro munosabatlar va global iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tez o‘zgaruvchan va mavhum jarayonlarni hisobga olgan holda har qachongidan ham dolzarbdir.  Uch mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan mazmunli muloqot, yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro tushunish o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga kuchli turtki bermoqda. Umumiy saʼy-harakatlarimiz samarasi o‘laroq faqat so‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi qariyb yetti baravar, Turkiya bilan esa ikki yarim baravar ko‘paydi.

Ushbu ijobiy tendensiya, albatta, bu yil ham davom etadi.

Joriy yil 26 iyul kuni Toshkent shahrida "Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining yuqori martabali delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

“Tolibon” harakati vakillari "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish Afg‘onistonni tiklash uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etdilar.

Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini loyihasining amalga oshirilishi Markaziy Osiyo orqali eng yirik subregionlar o‘rtasida yuklarni tashish muddati va narxini sezilarli darajada kamaytiradi hamda mamlakatlarimizga umumiy aholisi 1,9 milliard va yalpi ichki mahsuloti $3,5 trillion bo‘lgan Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun noyob imkoniyat yaratadi" - deydi Norov. 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"