Siyosat

Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zaro suhbatda, shuningdek, hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

 

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperasiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, sentyabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"