Jahon

Shimoliy Koreyada epidemiologik vaziyat yomonlashdi

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni ortmoqda.

Shimoliy Koreyada epidemiologik vaziyat yomonlashdi

 

Shimoliy Koreyada ikkinchi kun ketma-ket 500 ga yaqin koronavurus infeksiyasi qayd etilgan. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 soat ichida 430 dan ortiq odamda kasallik aniqlangan. Bemorlarning umumiy soni 4,77 milliondan oshdi, ulardan 99,98 foizi tuzalib ketdi. Hozirda kamida 870 kishi davolanmoqda.

 

KXDRda yangi koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun yetarli uskunalar yo‘qligi sababli Shimoliy Koreya OAVlari “isitmasi yuqori bo‘lgan bemorlar” kabi iboralarni ishlatmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"