Jahon

Shimoliy Koreya 8 ta ballistik raketa uchirdi

Buning ortidan Yaponiya Pxenyanga norozilik bildirishnomasi yuborgan.

Shimoliy Koreya 8 ta ballistik raketa uchirdi

 

Bugun, 5-iyun kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon sakkizta qisqa masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.


Qayd etilishicha, raketalar mahalliy vaqt bilan soat 09:08 da Pxenyan yaqinidagi Sunan aeroporti hududidan va boshqa joylardan uchirilgan. Ularning qayerga tushgani hozircha noma’lum. 


Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, snaryadlar 300–400 km masofagacha uchib, 50–100 km balandlikka ko‘tarilgan. Raketalar uchirilishi munosabati bilan Tokio Pxenyanga norozilik bildirishnomasini yuborgan.


Eslatib o‘tamiz, bu joriy yil boshidan beri amalga oshirilgan 18-raketa sinovi hisoblanadi. Oxirgi marta Shimoliy Koreya 25-may kuni uchta ballistik raketa uchirgandi. Ularning bittasi qit’alararo raketa bo‘lgan. 


Javohirbek TURSUNOV

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shimoliy Koreya 8 ta ballistik raketa uchirdi