Jahon

Shimoliy Koreyada COVID-19 bo‘yicha vaziyat yomonlashmoqda

JSSTga ko’ra, Pxenyan haqiqiy ma’lumotlarni ochiqlamayapti.

Shimoliy Koreyada COVID-19 bo‘yicha vaziyat yomonlashmoqda

 


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shimoliy Koreyada koronavirus epidemiyasi yomonlashmoqda deb taxmin qilmoqda. 

 

Ammo mamlakat rasmiylari COVID-19 sekinlashayotgani haqida xabar bergan. Tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha rahbari Mayk Rayanning aytishicha, epidemiya  haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rab Pxenyanga murojaat qilgan. Biroq bu masala muammo bo‘lib qolmoqda.

 

Rayanning so‘zlariga ko‘ra, JSST Shimoliy Koreya rasmiylariga bir necha bor texnik yordam va ta’minot, shu jumladan kamida uchta alohida holatda COVID-19 vaksinalarini taklif qilgan. Pxenyan bu taklifni ham javobsiz qoldirdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"