Jahon

Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashda dori-darmon tanqisligi vujudga keldi

Aholiga OAV orqali tabobatdan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashda dori-darmon tanqisligi vujudga keldi

 

Shimoliy Koreyada COVID-19  infeksiyasi tarqalishi ortidan dori-darmonlar tanqisligi vujudga kelgani xabar qilindi. 

 

Qayd etilishicha, dori-darmonlar dorixonalarga o‘z vaqtida yetib kelmayotgani ta’kidlangan. Bunda Vazirlar Mahkamasi va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari ayblangan. 

 

Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati dori-darmonlarni davlat zaxirasidan ajratish, shuningdek, dorixonalarni kechayu-kunduz ishlashga o‘tkazishni buyurgan edi. Dori-darmonlar tanqisligi fonida davlat ommaviy axborot vositalari odamlarga xalq tabobati yordamida davolanishni taklif qildi.  Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti shimoliy qo‘shnisiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.


“Agar Shimoliy Koreya javob bersa, biz ular uchun hech qanday dori-darmon, jumladan, COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ham ayamaymiz. Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiyot xodimlarini yuborishga tayyormiz”,— degan Janubiy Koreya Prezidenti.


Hozircha bu bo‘yicha Pxenyandan hech qanday javob kelmagan.

 

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashda dori-darmon tanqisligi vujudga keldi