Jahon

Shimoliy Koreyada COVID-19 yuqtirganlar soni yarim milliondan oshdi

Kim Chen In buni mamlakat tarixidagi “eng katta zarba” deb atadi.

Shimoliy Koreyada COVID-19 yuqtirganlar soni yarim milliondan oshdi

 

Shimoliy Koreyada bir kunda 174 mingdan ortiq COVID-19 infeksiyasi qayd etildi. 21 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

 

Shimoliy Koreyada aprel oyining oxiridan 14-mayga qadar jami 524 440 ta COVID-19 holati aniqlanib, 27 kishi vafot etgan. Bemorlardan 243 630 nafari to‘liq tuzalib ketgan, 280 810 nafari hozirda davolanmoqda.

 

Shimoliy Koreya 12-may kuni global pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlarini rasman tan oldi.


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In koronavirus epidemiyasini “mamlakat tashkil topganidan beri eng katta zarba” deb atadi.

 

Bir kun avval Janubiy Koreya KXDRga COVID-19 vaksinalarini yuborishni taklif qilgan edi. Rossiya Shimoliy Koreya so‘rasa, yordam berishini aytgan.

 

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

custom img

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shimoliy Koreyada COVID-19 yuqtirganlar soni yarim milliondan oshdi