Jahon

Shimoliy Koreyadan navbatdagi raketa sinovi

Bu safar unda shaxsan Kim Chen In ishtirok etgan.

Shimoliy Koreyadan navbatdagi raketa sinovi

 


Shimoliy Koreya shanba kuni Yapon dengizi tarafga raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi. 

 

Agentlikning Janubiy Koreya harbiylariga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, u 110 kilometrga uchib borgan, 25 kilometr balandlikka ko‘tarilgan. Bundan tashqari, raketa tezligi 4 Max (soatiga 4900 kilometr)ni tashkil etgan.

 

KXDR davlat OAVlariga ko‘ra, raketa sinovlarida shaxsan Kim Chen Inning o‘zi ishtirok etgan. U mamlakat mudofaa salohiyati va yadro kuchlarini yanada kuchaytirishga topshiriq bergan. OAV raketa sinovi muvafaqqiyatli o‘tganini ta’kidlagan.


Avvalroq Seul Pxenyanni muloqotga chaqirgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"