Jahon

AQSH Braziliya prezidentiga bosim o‘tkazmoqda

Bunga Rossiya bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan.

AQSH Braziliya prezidentiga bosim o‘tkazmoqda

 

AQSH Braziliya prezidentining Rossiyaga tashrifini bekor qilish maqsadida diplomatik bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Nashrning "Folha de S.Paulo" gazetasiga tayanib maʼlum qilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainadagi vaziyat fonida RF prezidenti Vladimir Putinni diplomatik izolyatsiya qilish. Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Jair Bolsonaru (Braziliya prezidenti)ning Moskvaga tashrifi AQSH diplomatlarida xavotir uyg‘otmoqda, sababi — bu Braziliyaning Rossiyaning Yevropa sharqidagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida o‘ziga xos signal bo‘lishi mumkin.

 

Bayden administratsiyasining fikricha, Bolsonaru tashrifining bekor qilinishi  Putinga “Ukraina chegarasidagi harbiy ishtiroki qisqarmagan taqdirda, diplomatik izolyatsiyaga tushishi mumkinligi”ni ko‘rsatadi.

 

Braziliya TIV, o‘z navbatida, AQSH davlat departamentiga prezident tashrifini geosiyosiy prizmadan tashqarida ko‘rishni maslahat bermoqda.

 

Avvalroq AQSH Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat ortidan Yevropaga qo‘shimcha kuch jo‘natgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"