Jahon

Braziliya dahshatli toshqin girdobida

Mamlakatning 100 ta shahrida favqulodda holat e’lon qilindi.

Braziliya dahshatli toshqin girdobida

 

Braziliya shimoli-sharqidagi Baxiya shtatida kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan toshqinda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 358 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi. 


Qayd etilishicha, tabiiy ofat allaqachon jami 470 ming kishiga zarar yetkazgan. Shtatdagi 116 ta shahardan 100 tasida favqulodda holat e’lon qilindi. To‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir ko‘priklar va o‘nlab uylarning qulashiga olib keldi. Ofat keltirgan moddiy zarar hali hisob-kitob qilinmagan.

 

Braziliya Milliy meteorologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy Baxiya shtatida boshlangan kuchli yomg‘ir noyabr oyidan yanvargacha davom etadi. Maranxao, Seara va San-Paulu shtatlari jabrlangan hududlarga yordam berish uchun qutqaruvchilarni yuborishini ma’lum qildi.


Avvalroq “Rai” to‘foni Filippinni vayron qilgani xabar qilingan edi. Ofat 75 kishining umriga zomin bo‘lgan.

 

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"