Siyosat

MSK raisi Turkiya Oliy saylov kengashi vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Turkiya Oliy saylov kengashi delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

MSK raisi Turkiya Oliy saylov kengashi vakillari bilan uchrashdi

 

20-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning Turkiya Oliy saylov kengashi raisi  Muxarrem Akkaya va Oliy saylov kengashi aʼzosi Kurshat Xamurju bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Muxarrem Akkaya MSK va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston demokratik taraqqiyotida  bo‘lajak saylovlar muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.

 

Zayniddin Nizamxodjayev Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida maʼlumot berdi. Qonunchilikka kiritilgan tegishli o‘zgarishlar, saylovlarning ochiq va shaffof o‘tkazish borasida qilingan ishlar, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish masalalari tilga olindi.

 

Turkiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etishi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasining Anqara shahridagi elchixonasida 43-saylov uchastkasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida 44- saylov uchastkasi tashkil etilgan.

 

Bundan avval IHT kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelgani hamda Afg‘onistonlik kuzatuvchiinng saylovga oid fikrlari to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"