O'zbekiston

Surxondaryoda qozonlar ichiga yashirilgan 190 kg dan ortiq giyohvand modda aniqlandi

750 dona afg'on qozonlarining 210 donasi ichiga yashirin tarzda narkotik joylashtirilgan.

Surxondaryoda qozonlar ichiga yashirilgan 190 kg dan ortiq giyohvand modda aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari kontrabandasi fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistondan “Termiz” xalqaro avtomobil o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan, Denov shahrida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Hyundai yuk avtomashinasi nazorat tartibida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida avtomashina yukxonasida bo‘lgan jami 750 dona afg'on qozonlarining 210 donasi ichiga yashirin tarzda joylashtirilgan, umumiy og‘irligi taxminan 190 kilogramm 800 gramm bo‘lgan gashish moddasi aniqlanib, musodara qilingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu afg'on qozonlari ishlab chiqaruvchi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlaridan biridagi xo‘jalik yurituvchi subyekt nomiga jo‘natilgan bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"