O'zbekiston

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

 

O‘zbekistonda varrak uchirish mavsumi boshlanishi sabab aerodromlar yaqinida havo maydonidan foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi. Mutaxassislar bunday faoliyat samolyotlar parvoz xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishini ta’kidlamoqda.

 

Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, aerodrom hududlarida parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat qat’iyan taqiqlangan. Varraklar balandlikka ko‘tarilib, samolyotlar bilan to‘qnashuv xavfini yuzaga keltirishi, ularning ipi dvigatellarga o‘ralib qolishi yoki texnik nosozliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Havo kodeksining 17-moddasiga muvofiq, parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatga, shuningdek, havo kemalari va bortdagi odamlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat kiradi. Aeroport hududida havo o‘yinchoqlarini uchirish bunday xavflarga taalluqlidir.

 

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116²-moddasiga binoan, bunday qoidabuzarliklar uchun 20 dan 100 bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Agar ushbu harakatlar og‘ir oqibatlarga olib kelsa, jumladan aviahalokat yuz bersa, jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi ham mumkin.

 

Mutasaddi tashkilotlar fuqarolar va mamlakat mehmonlarini dam olish uchun parvoz yo‘nalishlaridan uzoq hududlarni tanlashga chaqirmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu qoidalarga rioya qilish nafaqat majburiyat, balki yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligini ta’minlashga qo‘shilgan muhim hissadir.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaga chora ko‘rildi

Litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar va ularning filiallari manzillari hamda xodimlari maxsus reyestrga kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"