O'zbekiston

O‘zbekistonda litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaga chora ko‘rildi

Litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar va ularning filiallari manzillari hamda xodimlari maxsus reyestrga kiritildi.

O‘zbekistonda litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaga chora ko‘rildi

O‘zbekistonda litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaning litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.

 

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning I choragi davomida bir qator tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari buzilgani aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Qayd etilishicha, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, markirovkalanmagan, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini sotish qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar hududlar kesimida quyidagicha:

 

Andijon viloyati:

 

• “INOMJON XOJI FARM” MChJ

 

• “AS-MO” MChJ

 

Buxoro viloyati:

 

• “BUXORO BASFARM” MChJ

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

 

• “GERAN FARM” XK

 

• Samarqand viloyati:

 

• “FARMATSEVT ALIMJANOVNA” MChJ

 

• “AFROSIYOB GAVHARI” MChJ

 

• “XAYRULLOYEVA SABINA FARM” MChJ

 

• “XTXS-MALXAM” ChD

 

• “AZIZBEK NURBEK FARM” MChJ

 

• “LEKOTEKA PHARM” MChJ

 

• “BAXTIYOR XUSUSIY DORIXONA” XK

 

• “SHAXNOZA - L” MChJ

 

• “SAM OZODA PARIZODA FARM” MChJ

 

Surxondaryo viloyati:

 

• “YUKSAK FARM” MChJ

 

Toshkent shahri:

 

• “MARVA-PHARM” MChJ

 

• “ADOLAT YULDUZ FARM” MChJ

 

• “GIPOFIZ FARM” MChJ

 

• “THE GREAT FARM” MChJ

 

• “PHARMA BREND” MChJ

 

• “MAXSUDBEK BIZNES” XK

 

• “MEXR-SHIFO MED FARM” MChJ

 

Xorazm viloyati:

 

• "GULNURA GULNIHOL PHARM” MChJ

 

• “URGANCH UMARBEK FARM” MChJ

 

Shuningdek, litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilik talablari buzilganligi sababli litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar va ularning filiallari manzillari hamda xodimlari maxsus reyestrga kiritilgan.

 

Mas’ullar bu yo‘nalishdagi nazorat ishlari davom ettirilishini, qonunbuzarlik aniqlangan subyektlarga nisbatan chora ko‘rish amaliyoti kuchaytirilishini hamda ro‘yxatlar ochiq e’lon qilib borilishini ma’lum qildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"