O'zbekiston

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha,  Navoiy shahridagi xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni qiynab, do‘pposlaganlik holati aks etgan videoxabarlar tarqalgach, holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan. 

 

Voqea joriy yilning 7-aprel kuni Navoiy shahri “Yangiariq” MFY hududida joylashgan, fuqaro S.S. rahbarligidagi xususiy bog‘chada sodir bo‘lgani aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur muassasada tarbiyachi bo‘lib ishlagan 2003-yilda tug‘ilgan E.N. o‘z qaramog‘idagi bolalarni “tartibga solish” bahonasida kaltaklagan. 

 

Shuningdek, o‘rganishlar davomida gumonlanuvchi tomonidan joriy yilning mart oyidan aprel oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bolalarni o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyati cheklanganligi va ojiz ahvolda ekanligidan foydalanib, do‘pposlash va zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan boshqa harakatlar bilan muttasil ravishda qiynab kelganligi ma’lum bo‘lgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan E.N.ga nisbatan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. 

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaga chora ko‘rildi

Litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar va ularning filiallari manzillari hamda xodimlari maxsus reyestrga kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"