O'zbekiston

Soʻxda 2 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirmoqda

Har bir mahallada 10 tadan jami 300 mikroloyiha ishga tushiriladi, 8,6 ming aholi kasb-hunarga o‘qitiladi.

Soʻxda 2 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, avvallari hududga yetib borish qiyin, transport va logistika imkoniyatlari cheklangan edi. Soʻnggi yillarda mintaqaviy hamkorlik va siyosiy iroda tufayli hududni kompleks rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi: yangi yo‘llar ochildi, chegaradan o‘tish tartiblari soddalashtirildi, zamonaviy maktab, bog‘cha, poliklinika va uy-joylar barpo etildi.

 

Hozirgi kunda Soʻxdagi 25 ta mahallada 88,6 ming aholi yashaydi. Hududda 29 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 33 ta maktab, 2 ta oʻrta maxsus ta’lim muassasasi, 14 ta sog‘liqni saqlash muassasasi va 2 ta madaniyat obyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yil 13 921 ta ish o‘rni yaratilib, 1 667 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan.

 

Yig‘ilishda joriy yilda Soʻx tumaniga 40 million dollar investitsiya jalb qilish, 15 million dollarlik eksportni ta’minlash rejasi belgilandi. Sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligida o‘sish prognozi 7,6–17,1 foizni tashkil etadi.

 

Hududning turizm salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi: Soʻxning tabiati, daryolari va salqin iqlimi turizmni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. 60 million dollarlik investitsiya jalb qilinib, qariyb 2 ming ish o‘rni yaratiladi, turizm xizmatlari hajmi 15 milliard so‘mga, eksport esa 2 million dollarga oshiriladi.

 

Shuningdek, har bir mahallada 10 tadan jami 300 ta mikroloyiha ishga tushiriladi, 8,6 ming aholi kasb-hunarga o‘qitiladi. Banklar tomonidan 64 milliard so‘m, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun esa 74,5 milliard so‘m ajratiladi.

 

Soʻx tumanini rivojlantirishning asosiy maqsadi aholi daromadini oshirish, ish o‘rinlari yaratish va transport-logistika bog‘liqligini kuchaytirishdir. Mutasaddilarga belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"