O'zbekiston

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan eng yaxshi muzey deb e’tirof etildi

Markazda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar va diplomatlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan eng yaxshi muzey deb e’tirof etildi

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

 

                     

 

Mazkur konferensiyada 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Ular orasida ICESCO, Oxford Centre for Islamic Studies, IRCICA hamda “Al-Furqon” jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar vakillari ham bor. Anjuman O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi va Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, WOSCU hamkor sifatida ishtirok etmoqda.

 

                     

 

Konferensiya doirasida Amir Temur shaxsi va Temuriylar davri merosining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Xususan, davlat boshqaruvi va diplomatiya, harbiy strategiya, me’morchilik va shaharsozlik, ilm-fan va ta’lim rivoji kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Mutaxassislar ushbu davrni Sharq Uyg‘onishining muhim bosqichi sifatida baholab, uning global siyosat, iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siriga alohida e’tibor qaratdi.

 

                     

 

E’tiborli jihatlardan yana biri — TURKSOY tomonidan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi “eng yaxshi muzey” deb e’tirof etilganidir. Bu esa markazning nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham yuksak nufuzga ega ekanini tasdiqlaydi.

 

                 

 

Ayni paytda, TURKSOY tomonidan mazkur markazning “eng yaxshi muzey” deb e’tirof etilgani uning xalqaro miqyosdagi nufuzi va ahamiyatini yanada oshirib, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng namoyon etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"