O'zbekiston

Netanyaxu Livan bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni buyurdi

Muzokaralar Hizbullohni qurolsizlantirish va tinchlik o‘rnatishga qaratilgan.

Netanyaxu Livan bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni buyurdi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Livan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini imkon qadar tezroq boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda uning idorasi bayonotida ma’lum qilingan.

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror Livan tomonidan bir necha bor ilgari surilgan muzokaralar o‘tkazish takliflariga javoban qabul qilingan.

 

“Livan tomonidan Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlash bo‘yicha takroriy chaqiriqlarni inobatga olib, men ularni imkon qadar tezroq boshlashni buyurdim”, — deyiladi bayonotda.

 

Isroil tomonining ta’kidlashicha, muzokaralarning asosiy maqsadi Hizbulloh guruhini qurolsizlantirish hamda Isroil va Livan o‘rtasida barqaror tinchlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

 

Avvalroq, Livan prezidenti xalqaro vositachilar ishtirokida Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. U mintaqadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligini ta’kidlagan.

 

Hozirda tomonlar o‘rtasida ehtimoliy muzokaralarning formati va kun tartibini belgilash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilishi kutilmoqda.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"