O'zbekiston

Markaziy bank Amir Temurning 690-yilligi munosabati bilan esdalik tangalarni sotuvga chiqardi

Tangalar 31,1 gramm og‘irlikda, kolleksion qiymatga ega va ikki xil dizaynda taqdim etilgan.

Markaziy bank Amir Temurning 690-yilligi munosabati bilan esdalik tangalarni sotuvga chiqardi

O‘zbekiston Markaziy banki Amir Temurning tavalludining 690-yilligi munosabati bilan esdalik tangalar va suvenir to‘plamlarini sotuvga chiqardi.

 

31,1 gramm og‘irlikdagi tangalar ikki xil dizaynda, 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan.

 

Shuningdek, shu og‘irlikdagi uchta tangadan iborat suvenir to‘plamlari ham xaridga taqdim etilgan. Tangalarda Sohibqiron Amir Temur tasviri va «Temur tuzuklari»dan iqtiboslar o‘yib yozilgan.

 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 9-aprel holatiga:

 

Oltin tanga (31,1 g) – sotuv narxi 61 mln 426 ming so‘m, qayta sotib olish narxi 57 mln 331 ming so‘m;

 

Kumush tanga (31,1 g) – sotuv narxi 1 mln 875 ming so‘m, qayta sotib olish narxi 919 ming so‘m.

 

Qayd etilishicha, kun davomida narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozoriga qarab o‘zgarishi mumkin. Tangalarning narxi va mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy manbalarida har kuni yangilanib boriladi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"