O'zbekiston

“Amir Temur va Donna Mariya” filmining taqdimoti: tarix va badiiy talqin uyg‘unligi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Donna Mariya” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Amir Temur va Donna Mariya” filmining taqdimoti: tarix va badiiy talqin uyg‘unligi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida “Amir Temur va Donna Mariya” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan bo‘lib, u milliy va xalqaro kino hamkorligining yorqin namunasi sifatida e’tiborga sazovordir.

 

 

Kartina 2025 yilda O‘zbekfilm kinokonserni hamda Turkiyaning Kanguru kompaniyasi hamkorligida suratga olingan. Taqdimot marosimida mamlakatimizda tarixiy merosni o‘rganish va uni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

 

Film mashhur yozuvchi Xayriddin Sultonov ssenariysi asosida, “Tirik tarix” dasturi doirasida yaratilgan. Unda Amir Temurning hayoti va shaxsiyatiga oid ibratli jihatlar zamonaviy badiiy talqinda yoritilgan. Rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan ekranlashtirilgan ushbu asarda Sohibqironning olijanoblik, bag‘rikenglik va mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlari Vengriya malikasi Donna Mariya obrazi orqali ta’sirchan tarzda ochib berilgan.

 

 

Ma’lumki, Amir Temur o‘zining keng ko‘lamli davlatchilik faoliyati bilan jahon tarixida chuqur iz qoldirgan. U nafaqat buyuk sarkarda, balki ilm-fan va madaniyat homiysi, adolatparvar davlat arbobi sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, uning hayoti va merosi turli mamlakatlarda yaratilgan ilmiy va badiiy asarlarda keng aks etgan.

 

Yangi filmda ham “Kuch – adolatda” degan hayotiy tamoyil markaziy g‘oya sifatida ilgari surilib, Sohibqironning matonati, kechirimliligi va insonparvarligi badiiy vositalar orqali yoritilgan. Kartinaning yana bir muhim jihati — voqealarning ikki parallel yo‘nalishda, ya’ni tarixiy o‘tmish va zamonaviy hayot manzaralari kesishmasida rivojlanishidir. Bu esa tomoshabinni inson ruhiyati, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va hayotdagi har bir voqeaning ma’naviy izi haqida chuqur mulohaza yuritishga undaydi.

 

 

Filmda turli mamlakatlardan jalb etilgan aktyorlar ishtirok etgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston, Turkiya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, AQSH, Niderlandiya va Fransiya san’atkorlari bor. Bu esa kartinaning xalqaro ahamiyatini yanada oshirib, uni keng auditoriyaga yetkazish imkonini yaratadi.

 

Umuman olganda, “Amir Temur va Donna Mariya” filmi tarixiy shaxs obrazini zamonaviy kino tili orqali talqin qilishga qaratilgan muhim ijodiy loyiha bo‘lib, milliy kino san’atining yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"