O'zbekiston

Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchisiga hujum qildi

Sinfdoshlar janjallashib qolgani ortidan, bolalardan birining onasi maktabga kelib janjal ko‘tarib, bolalarga tashlangan.

Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchisiga hujum qildi

Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanidagi 53-umumta’lim maktabida 1-sinf o‘quvchisining onasi boshqa o‘quvchilarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilgani ma’lum bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda ayol sinfda janjal ko‘tarib, ikki bolaga qo‘l ko‘targani va haqorat qilgani aks etgan. Sinfda boshqa bir necha ayollar bo‘lgan, shuningdek, xonaga kirgan erkaklar janjalni to‘xtatishga harakat qilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 3-aprel kuni sodir bo‘lgan. Qo‘shrabot tumanida joylashgan 53-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari maktabda dars mashg‘ulotlari tugagach, maktabdan uylariga ketayotgan vaqtida o‘zaro nizolashgani tufayli 6-aprel kuni o‘quvchi E.H (2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ning onasi M.Y (1981-yilda tug‘ilgan ayol) maktabga kelib, o‘quv sinfida o‘quvchilar oldida janjal ko‘tarib, go‘yoki o‘g‘li bilan urishgan O.H (2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) va S.R (2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) larni ta’qib etib, urgan va haqorat qilgan. 

 

Hozirda Qo‘shrabot tumani IIB tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabdagi ta’lim jarayoniga tashqi shaxslarning aralashishi va o‘quvchilarning jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi harakatlar qat’iyan taqiqlanganini bildirgan. Shu kabi vaziyatlarga maktab mas’ullari yo‘l qo‘ymasligi lozimligini qayd etgan.

 

Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"