O'zbekiston

Navoiy IESda 870 mln. kubmetr tabiiy gaz zaxirasini tejash imkoniyati yaratiladi

Shuningdek, yiliga qo‘shimcha 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi, 200 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

Navoiy IESda 870 mln. kubmetr tabiiy gaz zaxirasini tejash imkoniyati yaratiladi

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda qurilish ishlarida 2400 dan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda. Ularning asosiy qismini mahalliy kadrlar tashkil etgan holda, texnik ishlarga xorijiy muhandis-texnik mutaxassislar ham jalb qilingan. Obyektda shuningdek. 200 dan ziyod maxsus texnika vositalari ishga solingan.

 

 

Loyiha doirasida boshqaruv binolari, gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar, qozon-utilizator, suv sovutish minorasi hamda boshqa asosiy va yordamchi inshootlar barpo etilmoqda. Qurilmalar sifati va ishonchliligini ta’minlaydigan Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Koreya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilmoqda.

 

Yaponiyaning "Mitsibushi Corporation" va "Mitsibushi Power Ltd." kompaniyalari konsorsiumi loyihaning bosh pudratchisi, Turkiyaning “Çalik Enerji" kompaniyasi subpudratchi sifatida ishtirok etishmoqda.

 

 

Ushbu zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgach, yiliga qo‘shimcha 4,8 mlrd. kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 200 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va 870 mln. kubmetr tabiiy gaz zaxirasini tejash imkoniyati yaratiladi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur loyiha mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"