O'zbekiston

Andijonda ayol haydovchi bolalarni bosib ketdi

Haydovchi e’tiborsizlik oqibatida yo‘l chetida o‘ynab turgan bolalarni ko‘rmay qolgan.

Andijonda ayol haydovchi bolalarni bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Cobalt haydovchisining yo‘lakda turgan bolalarni urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur hodisa yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026-yil 3-aprel kuni soat 18:47larda Andijon shahridagi “Hamdo‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi D.M. Cobalt rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotib, e’tiborsizlik oqibatida yo‘l chetida turgan 2 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan.

 

Hodisa oqibatida jabrlangan bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ayni vaqtda ularning sog‘lig‘i yaxshi.

 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimi tomonidan sodir etilgan YTH bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"