O'zbekiston

Toshkentdagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlandi

Bozorning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkentdagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlandi

“Beshqo‘rg‘on” bozoridagi avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi nosoz holatda ekanligi aniqlandi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng, bozor hududi atrofidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi va savdo kompleksi tegishli tartibda Toshkent shahar FVBB tomonidan tekshirildi.

 

Tekshiruv davomida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasidagi yonilg‘i saqlash sig‘imiga yaqin masofada joylashgan binodan omborxona sifatida foydalanilayotgani, savdo kompleksi binosidagi mavjud avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi nosoz holatda ekanligi va shunga o‘xshash bir nechta yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar bozorning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Eslatib o‘tamiz, 5-aprel soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan "Beshqo‘rg‘on" bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi.

 

FVV majmuaning 3000 kv.m maydoni va moddiy boyliklari, shuningdek, unga tutash bo‘lgan hududdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda 5 qavatli avtoturargoh yong‘indan saqlab qolinganini ma’lum qilgandi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"