O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev maktablarda sport to‘garaklarining “nomiga” tashkil etilayotganini tanqid qildi

Prezident raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev maktablarda sport to‘garaklarining “nomiga” tashkil etilayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mavjud muammolar tanqid qilindi.

 

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari sportning nafaqat musobaqa, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon etuvchi muhim omil ekanini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ortiq mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi barpo etilgan. Hududlarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari va qariyb 4 ming xususiy sport klublari faoliyat boshlagan. Professional sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni 2 barobarga oshgan, olimpiya terma jamoalari sportchilari 2 barobar, paralimpiya yo‘nalishida esa 3 barobar ko‘paygan.

 

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilar xalqaro musobaqalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani, 50 nafardan ortiq sportchi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, tizimdagi muammolar ham tanqid qilindi. Xususan, maktablarda sport to‘garaklarini tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlari yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Masalan, Toshkent shahridagi 15 ta maktabda to‘garaklar “nomiga” tashkil etilib, ularga atigi 3–4 nafar bola qatnayotgani aniqlangan. Shuningdek, o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talablarni bajara olmagan.

 

Yig‘ilishda hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish va qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

 

Sport maktablari faoliyatida ham kamchiliklar qayd etildi. Ularning iqtidorli yoshlarni mahallama-mahalla aniqlash o‘rniga tayyor sportchilar bilan ishlayotgani tanqid qilindi. 

 

Jumladan, Samarqand viloyatida mavjud imkoniyatlar hisobiga 100 ming nafar yoshni professional sportga jalb etish mumkin bo‘lsa-da, amalda bu ko‘rsatkich 3 barobar kamligi qayd etildi. Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ham mavjud salohiyatning faqat yarmi ishga solinayotgani bildirildi.

 

Bundan tashqari, ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktablaridan farqi sezilmayotgani e’tirozga sabab bo‘ldi. Misol sifatida, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan sport maktabi natijalari Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabi darajasiga ham yetmayotgani keltirildi. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta medal qo‘lga kiritgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktab jami 1 ta medal bilan cheklangan.

 

Prezident har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori va murabbiylari ish uslubini o‘zgartirishi, aniq natijalarga yo‘naltirilgan tizim joriy etilishi zarurligini ta’kidladi. Ularning oylik maoshi o‘quvchilar natijasiga bog‘lanishi lozimligi qayd etildi.

 

Mutasaddilarga yuqori natijalarga erishgan sport maktablarini rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish, amaldagi mukofotlarga qo‘shimcha ravishda yana 500 million so‘mdan alohida mukofot ajratish topshirildi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"