O'zbekiston

O‘zbekistondagi ayrim OTMlarda talabalarning 70 foizi jismoniy normativ topshira olmagan

Shavkat Mirziyoyev rektorlarga sport bo‘yicha bir yillik aniq reja ishlab chiqishni topshirdi.

O‘zbekistondagi ayrim OTMlarda talabalarning 70 foizi jismoniy normativ topshira olmagan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi tanqid qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, oliygohlarda sport federatsiyalari bilan hamkorlik sust bo‘lib, iqtidorli talabalar bilan individual ishlash tizimi ham yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.

 

Shu bilan birga, ayrim oliy ta’lim muassasalarida ijobiy tajribalar ham mavjud. Xususan, Termiz davlat universitetida 4 ta sport klubi tashkil etilib, 5 ming talaba 18 ta sport turiga jalb qilingan. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medalni qo‘lga kiritgan. Universitetning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa birinchi ligada ishtirok etmoqda.

 

Biroq ayrim oliygohlarda ahvol qoniqarsizligicha qolmoqda. Jumladan, Jizzax politexnika instituti, Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti hamda Buxoro davlat universitetida talabalarining qariyb 70 foizi jismoniy normativlarni bajara olmagan. Bu esa mazkur oliygohlarda sport klublari faoliyati samarasiz ekanini ko‘rsatadi.

 

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"