O'zbekiston

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning pensiya miqdori oshirilishi mumkin

Mazkur imtiyoz 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun qo‘llaniladi.

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning pensiya miqdori oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolarini davlat pensiyalari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini qonun darajasida belgilash, shuningdek, pensiya tayinlash shartlari, turlari, miqdorlari hamda tartibiga oid normalarni yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

 

Xususan, harbiy xizmatda 30 yildan ortiq xizmat qilganlar uchun pensiyaning bazaviy miqdorini aniqlashda ish haqining hisobga olinadigan miqdorini 75 foizdan 100 foizga oshirish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, pensiya tayinlashda asos bo‘ladigan pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini 10 baravaridan kelib chiqib hisoblash amaliyotini 12 baravaridan kelib chiqib amalga oshirish taklif etilmoqda.

 

Qonun loyihasida taqdim etilayotgan ushbu imtiyozlar uzoq yillar davomida mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga qaratilgani qayd etildi. 

 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari shahar aholisi va mehmonlarini samimiy qutladi.

custom img

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

custom img

Toshkentda Spark va BYD to‘qnashuvida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

O‘zbekistonda aeroportlar yaqinida varrak uchirish taqiqlanib, nazorat kuchaytirildi

Qoidabuzarlarga 20–100 BHM jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Gumonlanuvchi o‘z qaramog‘idagi bolalarni muntazam kaltaklab kelgani aniqlandi.

custom img

Qodiriyning so‘nggi iltijosi

Eng so‘nggi tun dahshati hammasidan oshib tushadi. Bora-bora bog‘ devoriga yaqinlashib, o‘n besh – yigirma odim narida qorong‘i tunda sodir bo‘layotgan qotillik jazavasi poyonida kutilmagan hodisa ro‘y beradi. Birin-ketin qisqa tanaffuslar osha yangragan o‘q ovozlari, ingrashlardan so‘ng, devor ortidan bog‘bon qulog‘iga tanish ovoz eshitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"