O'zbekiston

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida davlat avtobusi qantovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnovlar hozircha haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida davlat avtobusi qantovi yo‘lga qo‘yildi

24-fevral kuni Toshkent–Dushanbe yo‘nalishida xalqaro avtobuslar ilk reysini amalga oshirdi. Bu mazkur yo‘nalishdagi birinchi davlat avtobusi hisoblanadi.

 

Qatnovlar hozircha haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari soat 17:00 da Toshkentdan amalga oshiriladi. Dushanbedan Toshkentga qaytish reyslari esa chorshanba va shanba kunlari soat 13:00 ga belgilangan.

 

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqib, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani orqali Dushanbe markaziy avtovokzaligacha harakatlanadi. Safar davomiyligi taxminan 15–17 soatni tashkil etadi.

 

Yo‘lovchilar yotoqli va yuqori komfort darajasiga ega avtobuslarda tashiladi. Chipta narxi 315 ming so‘m etib belgilangan.

 

Shuningdek, chegaradan o‘tish uchun yo‘lovchilar xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi shart. Yo‘lovchilar oqimiga qarab kelgusida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"