Jizzaxda fuqaro mushtlashuv ortidan mashinasidan ayrildi
Erkak zararni to‘lamagani uchun uning nomidagi mashina MIB orqali xatlandi.

Ikki fuqaro o‘rtasidagi janjal natijasida biri ikkinchisiga tan jarohati yetkazgan. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro A.b.dan fuqaro b.S. foydasiga yetkazilgan zararni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushdi.
Ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar natijasida qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlandi. Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor ushbu avtomashinani qarzdorlik evaziga xatlashdan yashirib kelgan.
Qidiruv tadbirlari davomida avtomashina Zomin tumani hududida harakatlanayotgani aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Agar qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, ushbu avtomashina auksion savdolariga chiqarilib, tushgan mablag‘ hisobidan qarzdorlik undiriladi.







