Jahon

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

Amerikalik milliarder Bill Geyts Jeffri Epshteyn bilan aloqalari uchun “Geyts” jamg‘armasi xodimlaridan uzr so‘radi. U xayriya tashkiloti faoliyatiga salbiy taʼsir o‘tkazgan xatolar qilganini tan oldi.

 

The Wall Street Journal tanishgan maktubga ko‘ra, Geyts Epshteyn bilan 2011 yildan boshlab uchrashishni boshlagan. Bu Epshteyn jinsiy xizmatlarni tashkil etganini tan olganidan keyingi davr edi.

 

Geyts rafiqasi Melinda uning Epshteyn bilan aloqalariga qarshi bo‘lganini bildirib, o‘zining turmushdan tashqari bir rus ayoli va rus yadroviy fizigi bilan munosabatlari bo‘lganini ham tan oldi.

 

Microsoft asoschisi Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish va jamg‘arma rahbarlarini ushbu jinsiy jinoyatchi bilan uchrashtirish katta xato bo‘lganini qayd etdi. Shu bilan birga, Bill Geyts hech qanday noqonuniy ish qilmaganini taʼkidlab o‘tdi.

 

2026 yil boshida AQSH Adliya vazirligi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga oid taxminan uch million fayldan iborat yangi hujjatlar to‘plamini eʼlon qildi. Ularda Epshteyn bilan muloqot qilgan yuqori lavozimli siyosatchilar, qirollik oilalari aʼzolari va biznesmenlar, jumladan Bill Geyts nomi ham tilga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"