O'zbekiston

Qashqadaryoda ota aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi

Shu tariqa farzandlarning voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari bartaraf etilgan.

Qashqadaryoda ota aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi

Majburiy ijro byurosi Mirishkor tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.Q. foydasiga aliment undiruvi belgilangan edi. Mazkur hujjatga muvofiq aliment miqdori daromadning 1/2 qismi etib belgilangan.

 

Ijro harakatlari jarayonida qarzdor masalaga masʼuliyat bilan yondashib, farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari hisobiga 3 xonali uy-joy rasmiylashtirib berdi. Bu qaror nafaqat aliment majburiyatining to‘liq va barqaror ijrosini taʼminladi, balki farzandlarning kelajagi uchun mustahkam ijtimoiy himoya yaratdi.

 

Mazkur holat aliment masalasiga masʼuliyat bilan yondashish, qonun talablarini ixtiyoriy va ongli ravishda bajarishning yaqqol namunasi bo‘lib, boshqa qarzdorlar uchun ham ibrat bo‘la oladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"