O'zbekiston

“Euronews” rahbari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi

Ekologiya qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov "Euronews" rahbari Pedro Vargas Davidga ekologik tashabbuslarni yoritish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi.

“Euronews” rahbari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi

 

Euronews rahbari Pedro Vargas David O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar axborot hamkorligini kengaytirish, O‘zbekistonning ekologik kun tartibini xalqaro maydonda faol targ‘ib etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasidagi tashabbuslarni keng yoritishga qaratilgan qo‘shma media-loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Shuningdek, global iqlim kun tartibi doirasida O‘zbekiston tashabbuslariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilish, ekologik madaniyatni oshirish va “yashil” rivojlanish g‘oyalarini ommalashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida Ekologiya qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Pedro Vargas Davidga ekologik tashabbuslarni yoritish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

 

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiya uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi ham tashkil etildi. Mehmonlar ekologik holat monitoringi, tezkor vaziyatlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish ishlari olib boriladigan Situatsion markaz faoliyati, shuningdek, tizim tashkilotlarining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"