Jahon

Beshta davlat G‘azoga qo'shin yuboradi

Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

Beshta davlat G‘azoga qo'shin yuboradi

 

 

Bir qator davlatlar G‘azo sektorida tashkil etilayotgan Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari (ISF) tarkibida ishtirok etish uchun o‘z harbiy bo‘linmalarini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda ISF qo‘mondoni, general-mayor Jasper Jeffers Tinchlik kengashining yig‘ilishida ma’lum qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya G‘azo sektorida xizmat qilish uchun xalqaro kontingent tarkibiga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Misr va Iordaniya politsiya kuchlarini tayyorlash jarayonida ishtirok etishga sodiqligini tasdiqlagan.

 

ISF kuchlarini dastlab G‘azo sektorining janubiy qismidagi Rafah hududiga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Ushbu hududda politsiya tayyorgarligi tashkil etilib, keyinchalik kuchlar bosqichma-bosqich sektorlar kesimida kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Uzoq muddatli rejaga muvofiq, hududga 20 ming nafar harbiy xizmatchi hamda 12 ming nafar politsiya xodimini joylashtirish rejalashtirilgan.

 

19-fevral kuni Vashington shahrida yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Quvayt tomonidan G‘azo sektoriga 7 milliard dollardan ortiq yordam ajratilganini ma’lum qildi.

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida harbiy bo‘linmalar, tibbiyot xodimlari hamda kuzatuvchilarni yuborishga tayyorligini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, fuqarolik-harbiy muvofiqlashtirish doirasida bunday tashabbuslar Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

custom img

Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin

AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

G‘olibaf AQSH blokadasi davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi “ochiq qolmasligini” bildirdi.

custom img

Putin Yevropada urush boshlashi mumkin — The Washington Post

Tahlilchilar Rossiya–Ukraina urushi fonida Yevropaga nisbatan yangi eskalatsiya ehtimoli saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.

custom img

Istanbulda Turkiy davlatlar parlamentining birinchi norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

custom img

Livan Prezidenti mamlakat endi urushlarda piyoda rolida emasligini aytdi

Jozef Aun mamlakat endi "hech kimning urush maydoni" bo‘lmasligini va Isroil bilan sulh doimiy kelishuvlar ustida ishlashga olib kelishi kerakligini bildirdi.

custom img

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

AQSh prezidenti “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslar davom ettirilishini bildirgan.

custom img

Eron Hormuz bo'g'ozi ochilganini e'lon qildi

Kemalar Isroil va Livan o'rtasidagi sulh tugagunga qadar bo'g'ozdan Eron bilan kelishilgan yo'nalish bo'ylab o'tishiga ruxsat beriladi.

custom img

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Avvalroq Siverek va Qahramanmarashdagi maktablarda ham otishma sodir bo‘lgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Beshta davlat G‘azoga qo'shin yuboradi