O'zbekiston

Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratildi

2025-yilda Migratsiya agentligi tomonidan 22 ta davlatdan 3 709 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.

Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratildi

 

2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab moliyaviy va ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 3 709 nafar O‘zbekiston fuqarosi 22 ta xorijiy davlatdan Vatanga qaytarildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur gumanitar tadbirlarni amalga oshirish uchun Migratsiya jamg‘armasidan jami 15 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratildi.

 

Xususan, 30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 30-iyuldan 30-avgustga qadar ilk bor “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiya doirasida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan 1 300 kishi O‘zbekistonga olib kelindi.

 

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 66 nafar fuqaro baxtsiz hodisa yoki og‘ir kasallik sababli Vatanga qaytarildi. Ulardan:

  • 45 nafari maxsus tibbiy tashish (yotqizilgan holatda),
  • 21 nafari esa O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorati ostida olib kelindi.

 

Barcha transport, tibbiy, tashkiliy hamda boshqa xarajatlar to‘liq Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.

custom img

Prezident Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik yangi loyihalarni boshlab berdi

Viloyatga tashrif davomida davlat rahbari investorlar bilan ham suhbatlashdi.

custom img

Toshkentda 10-sinf bola YPX xodimini urib yubordi

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda sumalak saylida ishtirok etdi

Davlat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"