Jahon

Tug‘ilish pasayishi butun madaniyatlarning yo‘qolishiga olib keladi — Ilon Mask

Amerikalik milliarder demografik inqiroz global xavf tug‘dirayotganini maʼlum qildi.

Tug‘ilish pasayishi butun madaniyatlarning yo‘qolishiga olib keladi — Ilon Mask

 

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask dunyo bo‘ylab tug‘ilish darajasining keskin pasayishi jiddiy global xavf tug‘dirayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, agar bu muammo o‘z vaqtida hal etilmasa, ayrim mamlakatlar va butun madaniyatlarning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli mavjud. Bu haqda gazeta.ru nashri xabar berdi.

 

Mask bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib, Yer yuzining deyarli barcha hududlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari nihoyatda past darajaga tushib ketganini qayd etdi. “Agar tug‘ilish darajasi oshirilmasa, butun madaniyatlar va mamlakatlar yo‘q bo‘lib ketadi”, — dedi u.

 

Ilon Mask ilgari ham demografik inqirozni insoniyat kelajagi uchun eng katta tahdidlardan biri sifatida tilga olgan. Uning fikricha, aholi sonining qisqarishi iqtisodiy rivojlanish, madaniy merosning davomiyligi va davlatlarning barqarorligiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.

 

Shu bilan birga, Mask insoniyat kelajagini uzoq muddatda faqat Yer bilan cheklab bo‘lmasligini ham taʼkidlab keladi. Avvalroq u o‘zining SpaceX kompaniyasi maqsadlari haqida gapirib, kelajakda boshqa sayyoralarga parvoz qilish va hatto boshqa yulduz tizimlarini o‘rganish imkoniyatlarini istisno etmaganini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday safarlar davomida insoniyat o‘zga sayyoralik sivilizatsiyalar bilan to‘qnash kelishi yoki ularning izlarini aniqlashi mumkin.

 

2025-yil may oyida Ilon Mask Marsni mustamlaka qilishga tayyorgarlik doirasida 2026-yil oxirida birinchi uchuvchisiz Starship kosmik kemasini Qizil sayyoraga yuborish rejalari borligini eʼlon qilgan. Ushbu missiya doirasida Optimus robotini Marsga yetkazish ko‘zda tutilgan. Maskning rejasiga ko‘ra, ilk insonlar Marsga 2029–2031-yillar oralig‘ida parvoz qilishi mumkin.

 

Tadbirkorning fikricha, demografik muammolarni hal qilish va insoniyatning kosmik imkoniyatlarini kengaytirish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu kelajak avlodlar uchun strategik ahamiyatga ega masalalardir.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"