Jahon

Qozog‘istonda turkiy tillarga moslashtirilgan eng yirik sunʼiy intellekt modeli taqdim etildi

Mazkur model qozoq, turk, o‘zbek, qirg‘iz, ozarbayjon va tatar tillariga asoslangan bo‘lib, Markaziy Osiyoda shu miqyosda yaratilgan ilk to‘liq mahalliy ASR yechim hisoblanadi.

Qozog‘istonda turkiy tillarga moslashtirilgan eng yirik sunʼiy intellekt modeli taqdim etildi

 

Qozog‘istonning Cybernet AI startapi turkiy tillar uchun mo‘ljallangan eng yirik avtomatik nutqni aniqlash (ASR) sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqdi va taqdim etdi. Mazkur model qozoq, turk, o‘zbek, qirg‘iz, ozarbayjon va tatar tillariga asoslangan bo‘lib, Markaziy Osiyoda shu miqyosda yaratilgan ilk to‘liq mahalliy ASR yechim hisoblanadi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar berdi.

 

Qozog‘iston Respublikasi Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu loyiha ingliz tilidagi mavjud modellarni moslashtirish asosida emas, balki turkiy tillar guruhining fonetik, grammatik va lingvistik xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda noldan ishlab chiqilgan. Bu esa uni mintaqa uchun strategik ahamiyatga ega innovatsion mahsulotga aylantiradi.

 

Loyiha Astana Hub hamda Qozog‘iston Respublikasi Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligining strategik ko‘magi asosida, Misrosoft GPU infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshirilgan. Astana Hub boshqaruvchi direktori Tanat Uskembayevning taʼkidlashicha, ushbu ishlanma turkiyzabon mamlakatlarga sunʼiy intellektga asoslangan raqamli xizmatlarni sifatni pasaytirmagan holda, o‘z ona tillarida va maqbul narxlarda joriy etish imkonini beradi.

“Cybernet AIʼning rivojlanishi Qozog‘iston uchun global AI yechimlari isteʼmolchisi maqomidan xalqaro bozorda raqobatbardosh texnologiyalar ishlab chiquvchisiga aylanish yo‘lida muhim qadamdir”, — dedi Uskembayev.

 

Cybernet AI texnik direktori Rashid Ismoilovning aytishicha, kompaniya ataylab ingliz tilidagi modellarni moslashtirishdan voz kechib, mahalliy og‘zaki nutqning jonli va murakkab shakllarini tushuna oladigan sunʼiy intellekt modelini yaratishni maqsad qilgan. Uning fikricha, ushbu loyiha nafaqat texnologik mahsulot, balki mintaqaviy sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish va Qozog‘istonning texnologik suverenitetini mustahkamlashga xizmat qiladi.

custom img

Tramp Kubada yangi operatsiya boshlashi mumkin

AQSH prezidenti Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

G‘olibaf AQSH blokadasi davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi “ochiq qolmasligini” bildirdi.

custom img

Putin Yevropada urush boshlashi mumkin — The Washington Post

Tahlilchilar Rossiya–Ukraina urushi fonida Yevropaga nisbatan yangi eskalatsiya ehtimoli saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.

custom img

Istanbulda Turkiy davlatlar parlamentining birinchi norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

custom img

Livan Prezidenti mamlakat endi urushlarda piyoda rolida emasligini aytdi

Jozef Aun mamlakat endi "hech kimning urush maydoni" bo‘lmasligini va Isroil bilan sulh doimiy kelishuvlar ustida ishlashga olib kelishi kerakligini bildirdi.

custom img

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

AQSh prezidenti “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslar davom ettirilishini bildirgan.

custom img

Eron Hormuz bo'g'ozi ochilganini e'lon qildi

Kemalar Isroil va Livan o'rtasidagi sulh tugagunga qadar bo'g'ozdan Eron bilan kelishilgan yo'nalish bo'ylab o'tishiga ruxsat beriladi.

custom img

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Avvalroq Siverek va Qahramanmarashdagi maktablarda ham otishma sodir bo‘lgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"