Sport

“Manchester Yunayted” yangi transferni eʼlon qildi

U jamoaga moslashib ketoladimi?

“Manchester Yunayted” yangi transferni eʼlon qildi

 

"Manchester Yunayted" "Lechche" yarim himoyachisi Patrik Dorgu bilan shartnoma imzoladi. Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, italyan klubi “Manchester Yunayted”dan tushgan dastlabki ikki taklifni rad etgan, biroq uchinchisini qabul qilgan. Klublar 30 million yevro + 5 million yevro bonuslar bo‘yicha kelishib olishdi. "Manchester Yunayted" qanot himoyachilarini yo'qotmoqda. Antoni rasman “Betis”ga ijara asosida o‘tdi. Markus Reshford ham jamoadan ketdi. Bosh murabbiy Ruben Amorim u haqida qattiq gapirgan. U endi faoliyatini “Aston Villa”da davom ettiradi. Alexandro Garnachoning "Yunayted"dagi kelajagi ham so'roq ostida. Argentinalik futbolchiga "Napoli" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda Har holda, "Manchester Yunayted"da futbolchilar soni kamayib bormoqda, shu bois klub transfer bozoriga kirishga majbur bo'ldi.

 

Dorgu qaysi pozitsiyada o'ynaydi?

 

Dorgu so'nggi uchta o'yinni turli pozitsiyalarda boshladi - chap qanot, oldinroda va o'ng qanotda. "Lechche"dagi bir yarim yillik faoliyati davomida daniyalik futbolchi uchta murabbiy qo'l ostida harakat qildi. Roberto Daversa murabbiyligida futbolchi chap qanot himoyachisi sifatida o'ynagan. Keyin Luka Gotti uni tez-tez yarim himoyachi sifatida o'ynatdi. Joriy mavsumda 12 turdan keyin jamoa xavfli zonada edi. Shu sababli "Lechche" murabbiyni almashtirdi. Dorguning serqirraligi aynan yangi murabbiyning qo'l ostida yaqqol namoyon bo'ldi. U deyarli har bir uchrashuvni yangi pozitsiyada boshladi. Bir yil oldin chap qanot himoyachisi Dorgu aql bovar qilmaydigan kambek qahramoniga aylandi. “Fiorentina” 90-daqiqagacha 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi, o‘shanda "Lechche" hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada Dorgu raqib jarima maydonchasida to'pni yuqori burchakka a'lo darajada joylab qo'ydi.

 

Dorgu "Manchester Yunayted"ga qanchalik mos keladi?

 

Bu "Yunayted" uchun eng asosiy transfer emas. Biroq, bu o'yinchi "Manchester Yunayted"ning yangi rahbariyatiga juda mos tushadi, bu esa yosh futbolchilarning rivojlanishiga yordam beradi. Xabarlarga ko'ra, Amorim Dorguga chap qanot himoyachisi sifatida qaraydi. Daniyalik futbolchi allaqachon uchta markaziy himoyachidan iborat tarkibda o'ynash tajribasiga ega. Manchester jamoasiga ham aynan shu narsa kerak. Dorgu jismonan kuchli va to'p bilan yaxshi harakat qiladi. Daniyalik futbolchi "Lechche"ning driblinglar bo'yicha yetakchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Angliyada uni allaqachon Bukayo Saka bilan solishtirishmoqda. Premyer-liga muxlislari ko'plab driblingchilarni ko'rishgan. Ulardan biri Adama Traore hisoblanadi. Dorgu to'p uzatishlari aniq va bu mavsumda "Lechche" safida golli uzatmalar bo'yicha uchinchi o'rinni egallagan.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"