Sport

Xitoyning “Guanchjou” klubi professional maqomini yo‘qotdi

Jamoa ikki karra OChL g'olibi hisoblanadi

Xitoyning “Guanchjou” klubi professional maqomini yo‘qotdi

 

Futbol bo‘yicha Xitoy chempionatining sakkiz karra g‘olibi “Guanchjou” jamoasi professional maqomini yo‘qotdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Klub qarzlar tufayli turnirlarda qatnashishdan bosh tortishga qaror qilgan.

 

"Guanchjou" futbol klubi 1954-yilda tashkil topgan. "Yo'lbarslar" 2013 va 2015-yillarda OChL g'olibi bo'lgan. “Guanchjou” ushbu turnirda g‘olib chiqqan yagona Xitoy futbol klubi bo‘lib qolmoqda.

 

Turli vaqtlarda "yo'lbarslar"ga Marselo Lippi, Fabio Kannavaro, Luiz Felipe Skolari va Li Yon Su murabbiylik qilgan. Mashhur braziliyalik hujumchi Robinyo ham "yo'lbarslar" safida to'p surgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"