Sport

“PSJ” darvozaboni klubni tark etishi mumkin

Unga bir qator jamoalar qiziqish bildirmoqda.

“PSJ” darvozaboni klubni tark etishi mumkin

 

"PSJ"ning uchinchi darvozaboni Arnau Tenas fransuz klubini tark etishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Qo‘ng‘ir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

 

Manbaga ko'ra, parijliklarning ispaniyalik darvozaboniga Fransiyaning "Renn", shuningdek, Ispaniyaning "Sevilya" va "Jirona" klublari qiziqish bildirmoqda.

 

Bu mavsumda Arnau Tenas hali "PSJ" libosida maydonga tushmadi, ammo darvozabon 23 yoshgacha bo'lgan Ispaniya terma jamoasi safida Olimpiya o'yinlarida beshta o'yin o'tkazdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"