Sport

"Barsa"ning so'nggi besh yillikdagi futbolchilari hozir qayerda?

Ayrim futbolchilar faoliyatini yakunlash arafasida, boshqalari esa jarohatlar sabab qiynalmoqda.

"Barsa"ning so'nggi besh yillikdagi futbolchilari hozir qayerda?

 

Ayni vaqtda "Barselona" jamoasi Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda. Biz bugun so'nggi besh yil davomida kataloniyaliklar safida o'ynagan futbolchilarning keyingi faoliyati qanday o'tayotgani haqida ma'lumot taqdim etamiz.

 

Klement Lenglet, 29 yosh

 

Lenglet hali ham "Barselona"ga tegishli, ammo klub himoyachi bilan umuman hisoblashmaydi. So'nggi ikki yil ichida u "Tottenhem"da ham, "Aston Villa"da ham o'ynashga muvaffaq bo'ldi. Hozirda esa "Atletiko Madrid" safida to'p surmoqda. 2018-yilda Klement Fransiyada eng istiqbolli himoyachilardan biri edi.

 

Filippe Koutinyo, 32 yosh

 

Braziliyalik futbolchining transferi futbol tarixidagi eng yomon transferlardan biri bo'lib qolmoqda. Bu Koutinyo yomon o'yinchi degani emas. Biroq, "Barselona"ga u kerak bo'lmadi. Braziliyalik futbolchi dastlabki olti oyda o'zini yaxshi ko'rsatdi, ammo keyinchalik o'yinida pasayish yuzaga keldi. 2019/2020-yilgi mavsumda u "Bavariya"ga ijaraga yuborildi, u yerda Xansi Flik boshchiligida ajoyib o'yinlar ko'rsatdi. 2022-yilda braziliyalik futbolchi "Aston Villa" safiga borib qo'shildi. Hozirgi kunda Koutinyo Brazliyaning "Vasko da Gama" klubida o'ynaydi. Filipp endigina 32 yoshda.

 

Martin Breytveyt, 33 yosh

 

Futbolchi "Barselona"dan so'ng "Espanyol"ga ko'chib o'tdi. U yerda esa klub bilan darhol Segundaga tushib ketdi va rahbariyat bilan kelisha olmay qoldi. Yevro-2024ga borish uchun u La Liga klubiga o'tmoqchi edi, ammo futbolchiga rad javobi berildi. Keyinchalik esa Martin "Espanyol"ning elitaga qaytishiga yordam berdi (39 o'yinda 22 ta gol). Yozda u boshqa jamoaga ko'chib o'tishga harakat qildi. Biroq, bu borada ham jamoa bilan kelisholmadi. Daniyalik nafaqat futbolchi, balki juda ham muvaffaqiyatli biznesmen hisoblanadi. Xabarlarga ko'ra, u 250 million dollarlik ulushga ega, futbolchi ko'chmas mulkka sarmoya kiritadi. Hozirda 33 yoshli forvard Braziliyaning "Gremio" jamoasida o'ynaydi.

 

Samuel Umtiti, 31 yosh

 

Olti yil oldin fransuz futbolchisi faoliyatining yuqori cho'qqisida edi: u La Liga, Jahon chempionatida g'olib chiqdi va dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri hisoblanardi. Ammo Samuel jarohatlar tufayli o'yin amalyotiga ega bo'lmay qoldi. Birinchi signal qo'ng'irog'i 2018-yil boshida tizzasini jarohatlaganida yangradi. Shifokorlar operatsiya qilishni qat'iy tavsiya qildi, ammo fransuz futbolchisi JChni o'tkazib yuborishdan qo'rqib, konservativ usullar bilan davolandi. Umtiti Rossiyaga sog'lig'idagi muammolar bilan keldi. Vaqt o'tishi bilan u o'z o'yinini yo'qotib bordi. "Barselona" esa himoyachidan qutulishga harakat qildi. Faqat 2023-yilda Umtiti shartnomani bekor qilishga rozi bo'ldi. 2024-yilning fevralida Samuel tizzasidan yana bir jarohat olib, safdan chiqdi va shundan beri maydonga tushmadi. Uning qachon qaytishi noma'lum, futbolchi shunchaki g'oyib bo'ldi. Mish-mishlarga ko'ra, Umtiti 31 yoshida faoliyatini yakunlash variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

 

Memfis Depay, 30 yosh

 

Kuman qo'l ostida Depay klubga asosiy yulduz sifatida keldi, biroq olti oydan keyin Xavi qanot hujumchisiga unchalik ishonch bildirmadi. Memfis Luis Suaresning qarorini takrorlamoqchi bo'ldi va "Atletiko"ga yo'l oldi. Lekin u yerda zaxira futbolchisiga aylandi. Antuan Grizmann allaqachon o'zining asosiy roliga qaytgan edi. Bu yozda Depay Braziliyaning "Korintians" klubiga yo'l oldi va 14 uchrashuvda 7+4 natija qayd etdi. Ammo tez orada yangi jamoa izlashga to'g'ri kelishi mumkin. Sababi klub homiylardan ayrilishga yaqin turibdi, chunki ular Memfis talab qiladigan katta maoshni to'lay olmaydi.

 

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"