Sport

Eski do‘stlar yana uchrashishdi

Ronaldu va Benzema o‘rtasidagi o‘zaro bahsda “Al-Ittihod”ning qo‘li baland keldi.

Eski do‘stlar yana uchrashishdi

 

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema Saudiya Arabistonidagi asosiy raqobatchilardan hisoblanadi. Bu esa futbolga befarq bo'lmagan barcha insonlarni o'ziga jalb qilishi aniq. Portugaliyalik hujumchi bilan birga to'p tepayotgan futbolchilar orasida Aymerik Laport, Mohamed Simakan, Marselo Brozovich, Otavio va Sadio Mane bor. Bosh murabbiy esa Stefano Pioli. Fransiyalik yuzduzning sheriklari esa Danilo Pereyra, Fabinyo, N'Golo Kante, Xousem Aouar, Stiven Bergvayn va Mario. Loran Blan klub bosh murabbiyi hisoblanadi.

 

"Al-Nasr" va "Al-Ittihod" jamoalari ishtirokidagi o'yin ancha keskin boshlandi. "Al-Nasr o'yin boshidan to'pga ko'proq egalik qildi, "Al-Ittihod" esa xotirjamroq ko'rindi. Darvozaga birinchi zarba faqat 19-daqiqada yo'llandi, Otavioda Brozovichning uzatmasidan so'ng yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Raqibning javobi ham uzoq kutilmadi. Ammo "Al-Ittihod" tomonidan urilgan gol ofsayd sabab bekor qilindi. Biroz vaqt o'tgach, Benzema uzoq burchakka zarba berdi, biroq Bento ushbu vaziyatni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'lim davomida har ikkala jamoada yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo ayrim holatlarda jamoalar ehtiyotkorlikka urg'u qaratishdi.

 

Ikkinchi bo'lim anchagina qiziqarli voqealarga boy bo'ldi. Avvaliga “Al-Ittihod” tezkor hujum uyushtirdi. Mazkur vaziyatdan Benzema unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, javob goli uzoq kuttirmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tib maydon markazidan boshlangan hujumni Krishtianu gol bilan yakunladi. Shu tariqa patugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 916-golini kiritdi.

 

Shundan so'ng vaqti-vaqti bilan ketma-ket hujumlar uyushtirildi. Hakam Fakundo Tello 67-daqiqaga qadar yettita sariq kartochka ko'rsatdi, jumladan Karim Benzema ham bundan quruq qolmadi. Mane bahs yakunigacha yana bitta golli vaziyatni qo'ldan chiqardi. Qo'shib berilgan vaqtda esa Bergvayn jarima maydonchasida paydo bo'lib jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa “Al-Ittihod” birinchi o‘rindagi o‘rnini yanada mustahkamlab oldi va “Al-Hilol”dan besh ochko oldinga uzib ketdi. “Al-Nasr” esa raqiblaridan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"