Sport

Noyerning tarixiy xatosi “Bavariya”ga qimmatga tushdi

Myunxenliklar o‘z uyida Alonso jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi.

Noyerning tarixiy xatosi “Bavariya”ga qimmatga tushdi

 

"Bavariya" va "Bayer" Germaniya kubogi 1/8 finalida o'zaro bahs olib borishdi. Uchrashuvni ikkala jamoa nominal markaziy hujumchilarsiz boshlashdi. "Bavariya"da Harri Keyn Dortmundning "Borussiya"si bilan so'nggi uchrashuvda (1:1) jarohat olgandi. Markaziy hujumda Leroy Sane va Jamol Musiala almashib o'ynashdi. Xabi Alonso o'z navbatida Patrik Shikni zaxirada qoldirdi, Florian Wirts esa to'qqizlikdan joy oldi. Aynan u 11-daqiqada "Bayer" raqibga qarshi pressing uyushtirganidan keyin gol urishi mumkin edi. Wirtzga biroz aniqlik yetishmadi - to'p yaqin burchakdan o'tib ketdi. Shundan olti daqiqa o'tib tarixiy voqea sodir bo'ldi. "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Jeremi Frimpongga nisbatan qoidabuzarlik ishlatdi. Hakam Xarm Osmers esa 38 yoshli darvozabonni qizil kartochka bilan "taqdirladi". Bu Noyerning faoliyatidagi ilk chetlatilish edi.

 

Shundan so'ng Vensan Kompani Saneni o'yindan oldi va uning o'rniga zaxira darvozaboni Daniel Peretsni maydonga tushirdi. "Bavariya" o'n kishi bo'lib qoldi, ammo baribir raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratdi. "Bayer"da ham qator imkoniyat yuzaga keldi, biroq Perets Frimpongning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini oyog'i bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Tanaffus paytida Alonso nihoyat Shikni maydonga tushirdi. Achinarli tomoni shundaki, chexiyalik hujumchi atigi 15 daqiqa harakat qildi. Jarohat sabab Shik o'rnini Natan Tellaga bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Bungacha mehmonlarda juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Biroq, Wirtzning bergan zarbasi darvozasi ustuni yonidan o'tib ketdi.

 

Tella zahiradan maydonga tushganidan sakkiz daqiqa o'tib, gol urishga muvaffaq bo'ldi. Alexandro Grimaldoning ajoyib uzatmasi keyin Tellaning yo'llagan zarbasini raqib darvozaboni qaytarishga ojizlik qildi. Shu tariqa Alonso yana bir yaxshi natijani qayd etdi. U murabbiylik faoliyatida biror marta ham "Bavariya"ga mag'lub bo'lmagan (ikki g'alaba, ikkita durang).

 

75-daqiqadagi statistika o'yinning maydonda taxminan teng kechayotganini ko'rsatdi. Jamoalarning har birida to‘qqiztadan zarba bor edi, ammo myunxenliklar to‘pga bir oz ko‘proq egalik qilishdi (54% ga nisbatan 46%). "Bavariya"ning barcha urinishlari tablodagi hisobning o'zgarishiga olib kelmadi. Jamoa Kompani qo‘l ostida ilk bor o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi. Bungacha u Chempionlar ligasida ikkita mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi (ikkalasi ham safarda).

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"